» » Kontraktda o‘qiydigan talabalar bilan stipendiya qayta hisob-kitob qilinmasligiga izoh berildi

Kontraktda o‘qiydigan talabalar bilan stipendiya qayta hisob-kitob qilinmasligiga izoh berildi


Vazirlar Mahkamasining joriy yil 31-yanvardagi qaroriga asosan, ta’limning davlat grantida o‘qib, semestrni “4” va “5” bahoga yopgan talabalarga davlat budjeti hisobidan 2019-yil sentabr—dekabr oylari va 2020-yil yanvar oyidagi qolgan stipendiya puli qaytariladi. Ammo mazkur tartib to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalarga qo‘llanmaydi, ya’ni kontraktda tahsil olayotganlar bilan stipendiya qayta hisob-kitob qilinmaydi. Bu haqda 7-fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

“Keng bahs-munozaralarni keltirib chiqarayotgan ushbu jihat sababini tushuntirib bersam. Xabaringiz bor, kontrakt miqdorining stipendiyali va stipendiyasiz tartibini belgiladik. Talaba to‘lov uchun 400 ming so‘mdan berdi. 2019-yil sentabrga qadar faqat stipendiyali shartnoma to‘lovi bo‘lgan va buning qiymati “4” bahoning puli edi (564 ming 200 so‘m). Keyin bu qiymat tushirilib, 400 ming so‘m qilindi. Shuning uchun talaba 2019-yil sentabrdan 2020-yil yanvar oyigacha bo‘lgan muddatda o‘zi to‘lagan shartnoma puliga mos ravishda stipendiya olgan. Shu tufayli to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalarga stipendiya qayta hisob-kitob qilib berilmaydi. Talabalar bu haqida ogohlantirilgan va barchasi shartnomada qayd etilgan.

Mavzuga doir: “Kontraktdagi talaba”lar o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar bazaviy stipendiyani oladi

Budjet asosida o‘qiyotgan talabalarga stipendiya qayta hisob-kitob qilinishining sababi — ular davlat hisobidan ta’lim olyapti va shu bois ham hukumat ularga qolgan stipendiyani to‘lab beradi”, — dedi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov.

Mavzuga doir: Besh oy davomida “a’lo” va “yaxshi” o‘qigan talabalarning stipendiyasidagi tafovut davlat budjeti hisobidan qoplanadigan bo‘ldi

Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistondagi OTMlarda tahsil olayotgan umumiy 278 885 nafar talabaning 7,5 foizi “5” bahoga (20 916 nafar), 30,4 foizi “4” bahoga (84 781 nafar), 62,1 foizi esa “3” bahoga (173 ming 188 nafar) o‘qiydi.

To‘lov-kontrakt shaklida o‘qiyotgan jami talabalar (bakalavr va magistratura)ning 29,8 foizi (83 001 nafari) stipendiyali, 70,2 foizi esa (195 884 nafar) stipendiyasiz kontrakt to‘lovini amalga oshirdi.

Avvalroq “budjetchi talabalar”ga hukumat tomonidan qaytariladigan besh oylik stipendiya miqdori ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют