» » Yunusobod yo‘nalishining “Shahriston” va “Turkiston” bekatlari oralig‘ida poyezd sinovi o‘tkazildi (video)

Yunusobod yo‘nalishining “Shahriston” va “Turkiston” bekatlari oralig‘ida poyezd sinovi o‘tkazildi (video)


Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining yangi qurilgan “Shahriston” va “Turkiston” bekatlari oralig‘ida poyezd sinovi o‘tkazdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, poyezd sinovi o‘tkazilishi ushbu hududdagi uzaytirilgan yo‘nalishning yuqori qismi tayyorligini bildiradi. “Shahriston” va “Turkiston” bekatlarida yakuniy qurilish-montaj va pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, yangi metro yo‘nalishlari loyihani amalga oshirish jadvaliga binoan qurilish me’yorlari va texnik talablarga muvofiq foydalanishga topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Yunusobodda yerosti metrosining yangi qurilayotgan qismida 18-dekabr kuni davomiy yomg‘ir sabab 250 metr kub tuproq ko‘chishi yuz bergan, oqibatda olti kishi halok bo‘lgandi.

Jamoatchilik baxtsiz hodisada mas’uliyatsiz mutasaddilar va “bayramizm”ni ayblagan edi.

“Menimcha, bu voqeada kim aybdor ekanligini men bilaman. ‘Qurilish 28-dekabrda bitkazilishi kerak’. Mana shu gap aybdor. Buyuk qurilishlarni nuqul Navro‘z, Mustaqillik, Yangi yilga bitirish istagimiz aybdor... Umid qilamanki, stansiyada halok bo‘lgan quruvchilar ismi bilan barel’eflar o‘rnatiladi”, — deb yozdi jurnalist Nikita Makarenko. “Musibat sababchisi — shoshma-shosharlik.

“Nega katta obyektlar qandaydir sanaga bitishi kerak? Bafurja, sifatli qilib qursak bo‘lmaydimi? Hech qanday metro, hech qanday bino, hech nima odam hayotidan qadrli emas”, — deb yozgandi bloger Farhod Fayzullayev.

Dastlab “O‘zbekiston temir yo‘llari” “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlarini 2019-yil oxirigacha foydalanishga topshirishga va’da bergandi. 2016-yilgacha “Yunusobod” yo‘nalishining qurilayotgan bo‘lagi sifatida metro xaritalarida ko‘rsatilgan uzuq-uzuq chiziqlar ustida “Fayzulla Xo‘jayev” nomli bekat ham bor edi, ammo 2016-yili u loyihadan chiqarib tashlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют