» » Dunyo bo‘yicha neftga talabning eng yuqori darajasi qachon qayd etilishi ma’lum qilindi

Dunyo bo‘yicha neftga talabning eng yuqori darajasi qachon qayd etilishi ma’lum qilindi


Jahonda neftga bo‘lgan talab 2041-yilda eng yuqori darajaga yetadi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining hisobotida aytildi.

Qayd etilishicha, 2041-yilga borib kunlik talab 115 million barrelga teng bo‘ladi, bugungi kunda esa u 100 million barrelga teng. Energiya sarfi samaradorligining oshishi talab darajasining bundan yuqorilashiga imkon bermaydi, deb taxmin qilmoqda XVJ.

Jamg‘armaning fikriga ko‘ra, talabning muzlatilishi Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashining neft eksport qiluvchi mamlakatlari — Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Bahrayn, Kuvayt va Ummonga kuchli zarba bo‘ladi.

2034-yilga borib mazkur davlatlar ikki trillion dollarlik zaxiralarini sarflab bo‘lishi mumkin, chunki ushbu mamlakatlarning iqtisodiyoti asosan uglevodorodlarni eksportiga yo‘naltirilgan. Ularning daromadi 2050-yilga borib YaIMning 23 foizidan 10 foizigacha tushadi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi arab davlatlariga tejamkor budjet siyosatiga rioya qilishni, keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishni va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishni maslahat bermoqda.

Avvalroq Wood Mackenzie konsalting kompaniyasi Xitoydan talab pasayishi sababli neft narxi 2020-yil birinchi choragida bir barrel uchun 60 dollardan oshmasligini prognoz qilgan. Birinchi chorakda dunyoda neftga bo‘lgan talab koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish doirasida aviaqatnovlarning cheklanishi sababli kuniga 900 ming barrelga pasayib, 98,8 million barrelgacha tushdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют