» » O‘zbekiston chegara punktlarida qancha fuqaro koronavirusni aniqlash maqsadida termometriyadan o‘tkazilgani aytildi

O‘zbekiston chegara punktlarida qancha fuqaro koronavirusni aniqlash maqsadida termometriyadan o‘tkazilgani aytildi


Toshkent xalqaro aeroportiga 6-fevral kuni xorijiy davlatlardan 38 ta samolyot qabul qilinib, 4 374 nafar fuqaro “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan 6 ta poyezdda, jami 1 399 nafar fuqaro, chegaralardagi sanitariya-karantin punktlari orqali 28 863 nafar fuqaro termometriyadan o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirusga qarshi markaziy shtabi ma’lum qildi.

6,7-fevral kunlari SSV, FVV, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa tegishli tashkilot va idoralar mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona postida “Yangi koronavirus infeksiyasini respublika hududiga chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olishda FVDT rahbar organlari va kuch-vositalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, bu kabi amaliy mashg‘ulotlar butun respublika bo‘ylab tashkil etilmoqda.

Bundan tashqari, Savdo sanoat palatasi, Bosh prokuratura, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Salomatlik” poliklinikasi xodimlari hamda Toshkent—Volgograd va Andijon—Ufa yo‘nalishidagi vagon kuzatuvchilari bilan “Yangi koronavirus infeksiyasi, uning birlamchi simptomlari, kasallikka gumon qilingan bemorlar aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar” mavzusida seminarlar o‘tkazildi.

Mamalakat aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Bu kasallikni respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan.

7-fevral kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan Xitoydan kelgan fuqarodan tahlil uchun namunalar olinib, agentlikning virusologiya laboratoriyasiga jo‘natilgan, tahlil natijalariga ko‘ra ulardan koronavirus infeksiyasi topilmagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 11) ( 0) ( 11) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют