» » Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi


Olim Shokirov futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi, deya ma’lum qilmoqda O‘FA matbuot xizmati.

Avvalroq ushbu lavozimda ishlab kelgan Azamat Abduraimov o‘z arizasiga binoan iste’foga chiqqandi.

7-fevral kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan va unda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyligiga bir qator nomzodlar ko‘rib chiqilgan. Yakunda ushbu yosh toifasidagi futbolchilar bilan ishlashda katta tajribaga ega bo‘lgan Olim Shokirov nomzodi ma’qullangan.

Unga murabbiylar shtabida shu vaqtga qadar ishlab kelgan Sergey Arslonov (katta murabbiy), Timur G‘aniyev (darvozabonlar murabbiyi) va Jamshid Umarov (jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy) yordam beradi.

Shuningdek, terma jamoa murabbiylar shtabida Islom Ahmedov va Dilshod Nuraliyev maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют