» » Video: Samarqandda it ko‘chaga tashlab ketilgan chaqaloq hayotini saqlab qoldi

Video: Samarqandda it ko‘chaga tashlab ketilgan chaqaloq hayotini saqlab qoldi


Samarqandda it ko‘chaga tashlab ketilgan chaqaloq hayotini saqlab qoldi. Bu haqda “Zamon” axborot dasturi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 6-fevral kuni 21 yashar ayol qiz farzandni dunyoga keltirib, daraxtzorga tashlab ketgan. Chaqaloqni it topib olib, tishiga ilib, egasining oldiga olib boradi. Egalari go‘dakning yashab ketishidan umid qilib, tez tibbiy yordamni chaqiradi. Chaqaloq kasalxonaning tug‘ruq bo‘limiga olib kelinadi.

Shifokor Shodiyor Ashurovning aytishicha, chaqaloq o‘rtacha og‘ir holatda keltirilgan. Ko‘rikdan o‘tkazilganda uning muddatida tug‘ilgani, vazni 3 kilogrammdan ortiq ekanligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda go‘dakning holati qoniqarli ekanligi, kerakli muolajalar qilinayotgani bildirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют