» » Beylning agenti: Garet Xitoy futbolini yuksaltirmoqchi edi, biroq “Real” uni sotmadi

Beylning agenti: Garet Xitoy futbolini yuksaltirmoqchi edi, biroq “Real” uni sotmadi


“Real” klubi hujumchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozi Xitoydan juda foydali taklif olgani haqida gapirdi.

— Demak, Xitoy. O‘tgan yozda nima sodir bo‘lgandi?

— Garet rad etib bo‘lmaydigan taklif olgandi. Biroq “Real” uni sotmadi. Xitoy klubi madridliklar so‘ragan pulni to‘lay olmadi.

— Jiddiy aytyapsizmi? Bu dunyoning eng yaxshi futbolchisi uchun to‘g‘ri variantmi?

— Ha, Beyl u yerda meros yaratmoqchi edi. Xitoy futbolini ko‘tarishni istagandi. Unda Xitoy futbolini buyuklik sari olib borish g‘oyalari bor edi. U yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinni qo‘lga kiritdi va buni ko‘p bora takrorladi.

—Beyl “Real”da baxtlimi?

— Xitoy bu boshqa masala. U Chin yurtiga yo‘l olgan ilk buyuk futbolchi bo‘lishi, o‘zidan meros qoldirishi kerak edi. Pul ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu transfer Beylni dunyoning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga alyantirar edi, — deydi Barnet.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2020, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют