» » “Lokomotiv” — “Istiqlol”. Ertaga toshkentliklardan uch asosiy futbolchi o‘ynamasligi mumkin

“Lokomotiv” — “Istiqlol”. Ertaga toshkentliklardan uch asosiy futbolchi o‘ynamasligi mumkin


Ertaga — 11-aprel kuni Toshkentning “Lokomotiv” klubi Osiyo Chempionlar ligasining 4-turi doirasida “Istiqlol”ga qarshi maydonga tushadi.

Bugun — 10-aprel kuni “temiryo‘lchilar” ustozi Andrey Miklyayev o‘yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi va “Istiqlol”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibning uch nafar a’zosi o‘ynay olmasligi mumkinlini qayd etdi.

Shuhrat Muhammadiyev va Salamat Qutiboyevning jarohati bor. Ular ertaga maydonga tushmaydi. Timur Kapadze esa so‘roq ostida.

Andrey Miklyayev, “Lokomotiv” bosh murabbiyi

Miklyayev Kot-d’Ivuardan bo‘lgan Krizoning transferi xato yoki yo‘qligi borasidagi savolga javob bera olmadi.

Bilmadim. U Hozircha Marat Bikmayev bilan raqobatda yutqazmoqda.

Andrey Miklyayev, “Lokomotiv” bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, “Istiqlol”ga qarshi o‘yin uchun sotilgan chiptalardan tushadigan pul sobiq futbolchi Sirojiddin Sayfiyev uchun safarbar etiladi. Tomonlarning Tehrondagi o‘yinida “Istiqlol” 2:0 hisobida zafar quchgandi.

Опубликовано: admin (10-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют