» » Dehqonobod hokimi chekka qishloqda yashovchi 215 nafar uyushmagan yoshlar muammosini hal etishga kirishdi

Dehqonobod hokimi chekka qishloqda yashovchi 215 nafar uyushmagan yoshlar muammosini hal etishga kirishdi


Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulovning yoshlar bilan navbatdagi muloqotida tumanning chekka qishloqlaridan biri — Oqirtmada yashovchi 215 nafar uyushmagan yoshlar muammosi tinglandi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

— Zoir Aliqulov Oqirtma qishlog‘ida bo‘lib, 215 nafar uyushmagan yoshlar muammosini o‘rgandi, — deyiladi tuman hokimligi axborot xizmati xabarida. — Qishloq yoshlari hokim bilan muloqotda ayni kunda qishloqda yoshlarning ishsizlik muammosi, tibbiyot xodimlarining yetishmasligi haqida so‘z ochib, muammolarni bartaraf etishda ko‘mak so‘radi.

Hokim bilan muloqotda 28 yoshli cho‘pon yigit Umid Bakirov chorvachilikni rivojlantirish uchun kredit so‘ragan bo‘lsa, Gulsoat Suvonqulova tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha imtiyozli kredit berilishida yordam berilishiga umid bildirdi. Tuman hokimi muloqotda ishtirok etayotgan AT “Xalq banki” tuman filiali rahbariga mazkur masala bilan shug‘ullanib, 23-fevralga qadar kredit berilishi lozimligini ta’kidladi.

Hokim va yoshlar muloqotida shuningdek, Boyqobil Xolmurodov fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun yer so‘radi. Azamat Rahmatullayev esa dehqonchilik uchun yer berilishini talab qildi. Mazkur masala tuman hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Berdiyevga yuklatilib, tez orada yoshlarga yer berilishi lozimligi uqtirildi.

Dehqonobod hokimining uyushmagan yoshlar bilan muloqotida 7 ta mavzu doirasida muammolar ko‘tarilib, 17 nafar yoshlar muammosiga yechim topildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2020, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют