» » Qozog‘istonda 1000 kishi ishtirok etgan ommaviy tartibsizlikda 8 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda 1000 kishi ishtirok etgan ommaviy tartibsizlikda 8 kishi halok bo‘ldi


Qozog‘istonning Jambil viloyati Korday tumani Masanchi qishlog‘ida mahalliy aholi o‘rtasida kelib chiqqan mojaro oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq fuqaro jarohatlandi, deb xabar berdi “RBK”.

Jambil viloyati hokimi Ablay Mirzaxmetovning ma’lum qilishicha, ommaviy tartibsizliklarda qariyb ming kishi ishtirok etgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya hibsga olgan 44 kishi qo‘yib yuborilgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari ularning tartibsizliklarga aloqadorligini isbotlay olmagan.

Shuningdek, hozirda politsiya bo‘linmalarida Korday tumanida hibsga olingan 47 kishi saqlanmoqda.

Qozog‘iston janubidagi mojaro 7-fevral kuni kechqurun Korday tumani Masanchi qishlog‘ida yuz bergan.

Mushtlashuvdan otishmaga aylanib ketgan mojaroni smartfonlarda videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishgan. Shundan so‘ng boshqa qishloqlarda ham tartibsizliklar boshlangan.

Tartibsizliklar oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi.

Qayd etilishicha, mojaro oqibatida 123 kishi shifoxonaga murojaat qilgan. Ulardan 39 nafari o‘qotar quroldan yaralangan.

75 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyga javob berilgan.

Mojaro qozoqlar va dunganlar o‘rtasida kelib chiqqan. Barchasiga mahalliy dunganlarning qozoq erkakni kaltaklashi sabab bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2020, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют