» » Otabek Umarov O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi rahbariga aylandi

Otabek Umarov O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi rahbariga aylandi


O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov yangi tuzilgan O‘rta Osiyo MMA kofederatsiyasi rahbariga aylandi. Bu haqida MMA assotsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“9-fevral kuni Nur-Sultonda Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi kengashining yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi tuzilib, uning rahbari etib O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov, vitse-prezident lavozimlariga esa Iskandar Karim va Valixon Ten tayinlandi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi IMMAF (Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi) tarkibiga kiritilgan.

Shuningdek, tadbirda Qozog‘istonda ilk marta Aralash jang san’atlari bo‘yicha Osiyo chempionati 2020-yilning iyun oyida o‘tkazilishiga kelishib olingan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti kenja kuyovi bo‘lgan Otabek Umarov MMA assotsiyasi bilan bir qatorda mamlakat Triatlon federatsiyasi raisi sifatida ham faoliyat olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2020, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют