» » UFC 247: Jon Jons Dominik Reyesni taslim qildi

UFC 247: Jon Jons Dominik Reyesni taslim qildi


AQShning Hyuston shahrida Toshkent vaqti bilan 9-fevral tongida UFC 247 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning asosiy jangi UFC yarim og‘ir vazn toifasi chempioni Jon Jons (26-1) va Dominik Reyes (12-1) o‘rtasida kechdi. Besh raunddan iborat jangda umumiy reyting yetakchisi Jons 48-47, 48-47, 49-46 hisobi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va chempionlikni himoya qildi. Reyes esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni tan oldi.

Asosiy kardning boshqa janglarida qayd etilgan natijalar:

UFC yengil vazn chempioni qirg‘izistonlik Valentina Shevchenko (19-3) Ketlin Chukagyanni (13-3) 3-raundda nokautga uchratdi va o‘z kamarini uchinchi marta himoya qildi.

Jastin Tafa (4-1) Xuan Adamsni (5-3) birinchi raundda nokautga uchratdi.

Den Ij (13-2) ochkolar hisobi bo‘yicha Mirsad Bektichdan (13-3) ustun keldi.

Derrik Lyuis (23-7) ochkolar hisobida Ilir Latifini (14-8) mag‘lub etdi.

Barcha janglar videosini @UFCBOXUZ kanalida tomosha qiling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2020, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют