» » Toshkent—Omsk yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent—Omsk yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi


Rossiyaga boruvchi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 15-fevral kunidan e’tiboran Toshkent—Omsk yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur yo‘nalishda Uzautotrans service korxonasi o‘zining zamonaviy avtobuslarida xizmat ko‘rsatadi. Qatnovlar haftaning seshanba va shanba kunlariga belgilangan. Shaharlar o‘rtasidagi 2200 kilometr masofani avtobuslar 32 soatda bosib o‘tadi.

Ushbu yo‘nalish bo‘ylab ilk avtobus 15-fevral kuni soat 18:00 da “Toshkent” avtovokzalidan Omsk shahrining “Kamarova” avtovokzali tomon harakatlanishni boshlaydi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 450 000 so‘m etib belgilangan.

Mavzuga doir: Toshkentdan qatnaydigan shaharlararo avtobuslarga chiptani onlayn olish mumkin bo‘ldi

“ Uzautotrans service korxonasi tomonidan yo‘lovchilarga yuqori darajada servis xizmatini ko‘rsatish va tashuvlar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Yo‘nalishga chiqishdan oldin avtobuslar texnik ko‘rikdan haydovchilar esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Yo‘lovchi tashish faoliyati sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urtalangan”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq 2019- yilning dekabr oyidan boshlab O‘zbekistondan Rossiyaning Moskva, Samara, Peterburg, Ufa kabi 10 ta shahriga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2020, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют