» » Sergey Lushchan Eron klubiga qarshi asosiy tarkibning uch futbolchisi o‘ynay olmasligini aytdi

Sergey Lushchan Eron klubiga qarshi asosiy tarkibning uch futbolchisi o‘ynay olmasligini aytdi


Ertaga — 11-aprel kuni Toshkentning “Bunyodkor” klubi Osiyo Chempionlar ligasining 4-turini Eronda “Zob Ohan” klubiga qarshi o‘tkazadi. Bosh murabbiy Sergey Lushchanning ma’lum qilishicha, fors klubiga qarshi bellashuvda asosiy tarkibning uch nafar futbolchisi ishtirok eta olmaydi.

Jovlon Ibrohimov va Alisher Sanoyev jarohati sabab Toshkentda qolgan. Vadim Chemirtan o‘tgan uchrashuvda qizil kartochka olgan va ertaga bizga yordam bera olmaydi. Eronga 16 futbolchi bilan keldik. Shularning ikkitasi darvozabon. O‘ylaymanki, jarohat olganlar o‘rnini bosa oladigan boshqa futbolchilarimiz bor. Ularga ishonamiz.

Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Sergey Lushchan Toshkentdagi birinchi uchrashuvda (0:2) jamoasining o‘yini qovushmagani haqida aytib, bu safar o‘yin qovushib qolsa raqibga oson bo‘lmasligi haqida aytgan. Yana qovushmasa nima bo‘lishiga oydinlik kiritmagan.

Biz guruh favoriti emasligimizni yaxshi bilamiz. Chempionlar ligasining pley-offidan muvaffaqiyatli o‘tganimizning o‘zi katta yutuq.

Uch yildan buyon yangi tarkib tuzayapmiz. 2014-yilda jamoaning kelajak strategiyasi o‘zgarib, asosiy e’tiborni o‘z futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilariga qaratganmiz. Shunday ekan, maqsad sari bosqichma-bosqich, asta-sekinlik bilan intilyapmiz. Hozirgi tarkibimiz bilan ichki musobaqalarda muvaffaqiyat qozonish asosiy maqsad qilib belgilangan.

Ro‘yxatdagi 45 futbolchining atigi olti nafari 25 yoshdan yuqori. Jamoaning o‘rtacha yoshi esa 20,2 ni tashkil etmoqda. Bu yigitlar bilan ishlashda davom etamiz va ishonamanki, xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlar ham asta-sekinlik bilan keladi.

Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, Lushchan boshqaruvida “Bunyodkor” ketma-ket ikki yil Chempionlar ligasining guruh bosqichidan chiqa olmagan. Bu yilgi mavsumni esa ketma-ket uch mag‘lubiyat bilan boshladi.

Опубликовано: admin (10-04-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют