» » Samarqandda huquq-tartibot idoralari xodimlarini haqoratlagan ayolga nisbatan prokuratura tekshiruvi boshlandi

Samarqandda huquq-tartibot idoralari xodimlarini haqoratlagan ayolga nisbatan prokuratura tekshiruvi boshlandi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a, g” va 140-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sudlanuvchi 1982-yilda tug‘ilgan, Samarqand shahrida yashovchi X.N.ni 7-fevral, juma kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga majburiy keltirish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ushbu qaror ijrosini ta’minlash Samarqand shahri ichki ishlar organlari xodimlariga yuklatilgan bo‘lib, mas’ul xodimlar qaror ijrosini ta’minlash maqsadida fuqaro X.N.ning ish joyiga borgan vaqtida, fuqaro X.N. yonida bo‘lgan uyali telefon apparatini olib, xodimlarni videotasvirga tushirib, ularga nisbatan turli noo‘rin so‘zlar, bo‘hton gaplarni gapirib, xodimlarning qonuniy harakatlariga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Samarqand shahar prokuraturasi mas’ul xodimlari voqea joyiga chiqib, holat bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida ham fuqaro X.N. shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan turli bo‘hton so‘zlarni gapirib, nosamimiy munosabatda bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deya xabar bergan Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati.

Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi “a, g” bandlarida tuhmat qilish, ya’ni g‘arazgo‘ylik yoki past niyatlarda og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda ayblash jinoiy harakatiga tavsif berilgan. Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashi mumkin.

140-modda 3-qismi “a” bandida jabrlanuvchi o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda uni haqorat qilish, ya’ni shaxsning qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash, bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2020, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют