» » Minglab portugaliyalik maktab o‘quvchilari Ispaniyadagi mehmonxonaga jiddiy zarar yetkazdi

Minglab portugaliyalik maktab o‘quvchilari Ispaniyadagi mehmonxonaga jiddiy zarar yetkazdi


Ispaniyaning Torremolinos shahrida joylashgan Real Hotel Pueblo Camino mehmonxonasi 1,2 mingta portugaliyalik o‘quvchining yashashi natijasida jiddiy zarar ko‘rdi. Bu haqda El Pais nashri xabar berdi.

Nashr tomonidan aniqlik kiritilishicha, maktab o‘quvchilari plitkaga zarar yetkazgan, matraslarni oynaga uloqtirgan, o‘t o‘chirgichni ishlatgan, hatto vannada bitta televizorni suvga bo‘ktirgan. Mehmonxona ma’muriyati talofatni o‘quvchilar mehmonxonadan chiqib ketgandan so‘ng sezib qolgan.

Yetkazilgan zarar 50 ming dollar miqdorida baholanmoqda. Politsiya hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.

Bahorda ko‘plab portugaliyalik o‘quvchilar va talabalar dam olish uchun Ispaniyaning dengizbo‘yi hududlariga yo‘l oladi. O‘quvchilar ko‘pincha Torremolinos yoki Benalmaden shahridagi mehmonxonalarga joylashadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют