» » A Seriya. “Inter” ikkita to‘p farqini yo‘qqa chiqarib “Milan”ni mag‘lub etdi (video)

A Seriya. “Inter” ikkita to‘p farqini yo‘qqa chiqarib “Milan”ni mag‘lub etdi (video)


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 23-turida “Inter” va “Milan” jamoalari 9-fevral, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Birinchi bo‘limda “Milan” futbolchilari Ante Rebich va Zlatan Ibragimovichning gollaridan keyin oldinga o‘tib oldi.

Biroq tanaffusdan keyin Antonio Konte shogirdlari vaziyatni o‘nglay oldi. Marselo Brozovich, Matias Vesino, Stefan de Vrey va Romelu Lukakuning gollari “neradzurrilar”ga g‘alaba olib keldi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Inter” ochkolarini 54 taga yetkazib olgan holda musobaqa peshqadamiga aylandi. “Milan” (32) esa 10-o‘rinda qoldi.

Shuningdek, mazkur turda “Napoli” jamoasi kutilmaganda “Lechche”ga mag‘lub bo‘ldi. “Latsio” esa safarda “Parma”ni taslim etdi.

A Seriya

23-tur bahslari

9-fevral, yakshanba

Gollar: 1:0 — 24 Bonifatsi, 1:1 — 65, penalti Kaputo, 1:2 — 90 Boga.

Gollar: 0:1 — 29 Lapadula, 1:1 — 48 Milik, 1:2 — 61 Lapadula, 1:3 — 82 Mankozu, 2:3 — 90 Kalexon.

Gol: 1:0 — 43 Pandev.

Gollar: 1:0 — 81 Bizoli, 1:1 — 90 de Paul.

Gol:0:1 — 41 Kaysedo.

Gollar: 0:1 — 40 Rebich, 0:2 — 45 Ibragimovich, 1:2 — 51 Brozovich, 2:2 — 53 Vesino, 3:2 — 70 de Vrey, 4:2 — 90+3 Lukaku.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 03:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют