» » Eriydigan qahva: foydami yoki zarar?

Eriydigan qahva: foydami yoki zarar?


Qahva ishqibozlarini bir savolning javobi juda qiziqtiradi: yanchilgan qahva foydalimi yoki eriydigan qahvami? Eriydigan qahvaning aniq ko‘rinib turgan afzalligi shundaki, u arzon, tez va oson tayyorlanadi. Uning ijobiy tomonlari faqat shumi?

Garvarddagi milliy sog‘liqni saqlash maktabi professori R. Dammning fikricha, eriydigan qahva tarkibida yanchilgan qahvaga qaraganda kafestol kamroq bo‘ladi. Kafestol — xolesterin miqdorini oshirish xossasiga ega bo‘lgan modda.

Eriydigan qahva tarkibida yuqori miqdorda laboratoriya jonivorlarida saratonning rivojlanishini ta’minlaydigan akrilamid kimyoviy moddasi mavjud. Bundan tashqari, akrilamid asab tolalarining shikastlanishiga ham olib kelishi mumkin.

Kofein eriydigan qahvada yanchilgan qahvaga qaraganda kamroq bo‘ladi. Aniq sonini quti ustidagi yozuvdan topishingiz mumkin. O‘rtacha olganda, 1 choy qoshiq eriydigan qahva tarkibida 27 mg kofein bo‘lsa, yanchilgan qahvaning xuddi shunchasida esa bu daraja 95 mg gacha yetadi.

Darem universiteti olimlari tomonidan 2009-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, bir kunda 7 piyola va undan ortiq miqdorda eriydigan qahva ichuvchilarda gallyutsinatsiya xavfi keskin oshib ketar ekan. Bunga sabab qondagi kofeinning oshishi natijasida ishlab chiqariladigan stress gormoni hisoblanuvchi kortizol bo‘lishi ham mumkin.

Manba: “Zdorovie.com”

Опубликовано: admin (10-04-2017, 17:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют