» » Bred Pitt aktyor sifatida birinchi bor “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Bred Pitt aktyor sifatida birinchi bor “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi


Bred Pitt “Bir kuni Gollivudda” filmidagi roli uchun “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” mukofotiga loyiq ko‘rildi, deb xabar beradi Meduza.

“Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi esa “Nikoh tarixi” filmidagi roli uchun Lora Dernga nasib etdi.

Eng yaxshi orginal ssenariy muallifi Pon Chjun Xo (“Parazitlar” filmi), eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy muallifi esa Tayki Vaytiti (“Quyon Jojo” filmi).

Shuningdek, “Qarama-qarshi tarafdagi deraza” kartinasi eng yaxshi qisqa metrajli film deya topildi. “O‘yinchoqlar tarixi 4” esa eng yaxshi animatsion film uchun “Oskar”ga loyiq ko‘rildi. Joriy yilda “Amerikacha fabrika” — “Eng yaxshi hujjatli film”, “Jangovar harakatlar zonasida skeytbordda uchishni o‘rganish (qiz bola bo‘lsang)” — “Eng yashi qisqa metrajli hujjatli film”ga aylandi.

Mavzuga doir: Bred Pitt ishtirokidagi filmlar bo‘yicha test. Gollivud yulduziga qay darajada muxlissiz?

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda “Oskar” mukofotini topshirish marosimi 92-marotaba o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili marosim boshlovchisiz o‘tkazilgan edi, joriy yilda ham ushbu an’ana saqlab qolindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют