» » Angrenda tuman elektr tarmoqlari idorasi nomidan firibgarlik orqali pul undirib yurgan shaxs aniqlandi

Angrenda tuman elektr tarmoqlari idorasi nomidan firibgarlik orqali pul undirib yurgan shaxs aniqlandi


Toshkent viloyati Angren shahrida istiqomat qiluvchi Jamshid Mutavalliyev tuman elektr tarmoqlari idorasidan bo‘shagan bo‘lsa-da, mahallalarda ishlatilgan elektr haqini to‘lash kerak, deb fuqarolarni aldab soxta to‘lov qog‘ozlari va muhr yordamida pul undirib yurgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Jamshid Mutavalliyev tuman elektr ta’minoti tarmoqlari inspektori bo‘lib ishlaganligi bois, o‘ljalar soni kutganidan ham ziyoda bo‘lgan.

Jamshid Mutavalliyev avval ham bir necha bor firibgarlik jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. 2016-yil 10-mart kuni Jamshid Mutavalliyev Firuza Parpiyevaning ishonchiga kirib, u istiqomat qilayotgan xonadonning kommunal to‘lovlarini to‘lab qo‘yishligini va’da qilib, hisobida jami 550 ming so‘m pul bo‘lgan plastik kartochkasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

“Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har bir fuqaro o‘z haq-huquqlarini yaxshi anglab, qonunlarni puxta o‘rgansa, olgan huquqiy bilimlari bunday firibgarlarning nayrangiga qarshi eng samarali vosita bo‘ladi”, — deb yakunlanadi IIV xabari.

IIV xabarida Jamshid Mutavalliyevning firibgarliklariga nisbatan chora ko‘rilganligi haqida hech qanday ma’lumot keltirilmagan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют