» » Yaponiyadagi Diamond Princess kemasida koronavirusni yuqtirganlar soni 130 nafarga yetdi

Yaponiyadagi Diamond Princess kemasida koronavirusni yuqtirganlar soni 130 nafarga yetdi


Yaponiyada Yokogama portida karantinga olingan Diamond Princess sayohat kemasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 60 nafarga ko‘payib, 130 kishiga yetdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Diamond Princess kemasida tekshiruvlar 80 yoshli yo‘lovchida koronavirus aniqlanganidan so‘ng boshlangandi. 3-fevral kuni o‘tkazilgan tekshiruv natijalarga ko‘ra, 10 kishida virus aniqlangan edi va shundan so‘ng kema 14 kunlik karantinga joylashtirilgan. Hukumat vakillari tomonidan xabar berilishicha, virus tashxisi qo‘yilgan kemadagi barcha yo‘lovchilar Kanagava prefekturasidagi kasalxonaga yotqizilgan. Harbiylar koronavirus sababli karantinga olingan 4 ming kishilik kruizga oziq-ovqatlar yetkazib bermoqda.

Diamond Princess sayohat kemasi joriy yilning 20-yanvar kuni Yokogamadan chiqib, Kagosima—Gonkong—Okinava yo‘nalishidan o‘tib, 3-fevral, dushanba kuni, qaytib kelgan. Bu vaqtga kelib kemadagi bir necha kishi tobi qochgani haqida xabar qilgan va hukumat bortdagi barchani tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan.

Mavzuga doir: Yaponiyadagi sayohat kemasida koronavirusga chalinganlar soni 64 kishiga yetdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют