» » Britaniya “katta yettilik” a’zolari bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni muhokama qiladi

Britaniya “katta yettilik” a’zolari bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni muhokama qiladi


Britaniya TIV rahbari Boris Jonson Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlagani uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga erishishni rejalashtirmoqda. Mansabdor sanksiya choralarini “katta yettilik” mamlakatlari vakillari bilan muhokama qiladi. Bu haqda The Times nashri ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.

Nashrning ma’lum qilishicha, Buyuk Britaniya Rossiya Asadga nisbatan o‘z munosabatini o‘zgartirmasa, yangi sanksiyalar joriy etilishiga erishish uchun harakat qiladi.

Yangi choralar mansabdorlar hayotini “qiyinlashtirishi” lozim. Hujjat Italiyaning Lukka shahrida 10—11-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “katta yettilik” uchrashuvida muhokama etiladi.

Nashr manbasining ma’lum qilishicha, Asad tarafdorlari Suriyadagi tinch aholiga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganligi tufayli Jonson sanksiyalarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 58) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют