» » “Paxtakor” Chempionlar Ligasini g‘alaba bilan boshladi, Jaloliddin Masharipovdan qoyilmaqom gol (video)

“Paxtakor” Chempionlar Ligasini g‘alaba bilan boshladi, Jaloliddin Masharipovdan qoyilmaqom gol (video)


Osiyo Chempionlar Ligasining 1-turida “Paxtakor” 10-fevral, dushanba kuni “Shabob al-Ahli”ga qarshi bahs olib bordi.

Kuchli yomg‘ir ostida kechgan uchrashuvda Shota Arveladze shogirdlarining qo‘li baland keldi. 18-daqiqada Jaloliddin Masharipov darvozabonning ustidan oshirgan holda to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

67-daqiqada amirliklar futbolchilari burchak zarbasidan keyin hisobni tenglashtirdi: akrobatik usulda yo‘llangan zarbani Eldor Suyunov qaytardi, biroq qaytgan to‘pga Pedro Konde birinchi bo‘lib yetib kelib gol urdi.

Biroq oradan uzoq vaqt o‘tmay Dragan Cheran qanotdan uzatib berilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llagan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:1.

Shu tariqa “Paxtakor” musobaqani g‘alaba bilan boshladi. Keyingi turda “sherlar” yana o‘z maydonida “Shahr Xordo”ga qarshi bahs olib boradi.

OChL

1-tur bahsi

10-fevral, dushanba

Gollar: 1:0 — 18 Jaloliddin Masharipov, 1:1 — 67 Pedro Konde, 2:1 — 70 Dragan Cheran.

“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A’zamov (Anzur Ismoilov, 81), Yegor Krimets, Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Doston Hamdamov, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev (Eren Derdiyok, 72).

“Shabob Al Ahli”: Majid Nosir, Muhammad Marzuq, Abdulaziz Haykal, Muhammad Sebil, Yusuf Jaber, Aziz G‘aniyev, Ismoil Alhammadi (Ahmad Halil, 73), Abdulla Naqbi, Majid Hassan, Federiko Kartabiya, Pedro Konde.

Ogohlantirishlar: Konde (42), Sobirxo‘jayev (56), Hamrobekov (61).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 74) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют