» » O‘zbekistonda hafta davomida yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta davomida yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda


“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga 10—12-fevral kunlari O‘rta yer dengizi ustida shakllangan nam havo massalari kirishi kutilmoqda.

Respublikada ob-havo bulutli, hududning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, 10-fevral, dushanba kuni, respublikaning ayrim joylarida va 11—12-fevral kunlari tog‘li tumanlarda ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

13-fevral, payshanba kuni, faqat Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab yog‘ingarchilik bo‘ladi.

10 va 12-fevralda respublikada yana shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. 10-fevral kuni havo harorati 8—13 daraja iliq, shimolda 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

11—13 fevral kunlari havo haroratining biroz pasayishi kutilmoqda, kechasi harorat 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

14-fevral, juma kuni, O‘zbekiston bo‘yicha biroz tanaffus bilan ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. 15-fevral, shanba kuni, Kavkaz hududidan kiradigan antisiklon ta’siri natijasida mamlakatda yana yomg‘ir yog‘ishi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют