» » Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalar bog‘chalariga bolalarni koronavirusdan saqlash bo‘yicha yo‘riqnoma berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalar bog‘chalariga bolalarni koronavirusdan saqlash bo‘yicha yo‘riqnoma berdi


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi respublikadagi maktabgacha ta’lim muassasalari rahbariyatiga bolalarni koronavirusdan saqlash bo‘yicha eslatma berdi.

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, bolalar bog‘chalari ma’muriyati tarbiyalanuvchilarni koronavirus yuqishidan asrash uchun quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

Ovqat tayyorlayotganda bolalar bog‘chasining tegishli xodimlari quyidagi ehtiyot choralariga amal qilishi shart:

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, infeksiyadan himoya vositasi sifatida og‘iz va burun uchun mo‘ljallangan tibbiy niqobni quyidagi hollarda taqib yurish shart:

Respirator infeksiya alomatlariga ega bo‘lmagan barcha holatlarda tibbiy niqobni taqib yurish shart emas.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 900 kishidan oshib ketdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus koronavirusga qarshi kurashda niqoblardan oqilona foydalanishga chaqirdi. Tashkilot himoya vositalariga talab 100 baravar, uning narxi esa 20 baravar oshishini taxmin qilmoqda.

Avvalroq Toshkentda tibbiy niqoblar defitsiti kuzatilayotgani va O‘zbekiston bo‘yicha narxi keskin oshgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekistonlik yigit esa 300 dan ortiq tibbiy niqoblarni Qirg‘izistondan noqonuniy olib chiqishga uringan vaqtda qo‘lga olindi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o‘z vakolatlari doirasida dorixonalarda dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan ulgurji va chakana savdo ustamalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishini ma’lum qilib, farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlardan dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibiga, litsenziya talablari va shartlariga qat’iy rioya qilishni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют