» » Zlatan Ibragimovich Milan derbilari tarixiga kirdi

Zlatan Ibragimovich Milan derbilari tarixiga kirdi


Futbol bo‘yicha Italiya chempionati 23-turi doirasida “Milan” jamoasi hamshahari “Inter”ga qarshi bahs olib borib, 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich A Seriya doirasida Milan derbilarida gol urgan eng yoshi katta futbolchi sifatida tarixga kirdi. Zlatan “Inter” darvozasini ishg‘ol qilgan vaqti 38 yosh 129 kunlik edi. Qayd etish joiz, Ibragimovich gol urishdan tashqari golli uzatmaga ham mualliflik qildi.

Zlatan Milan derbilarida gol urgan eng yoshi katta futbolchi sifatida vatandoshi Nils Lidholmni ortda qoldirdi. Lidholm derbida gol urgan vaqtida 38 yosh 43 kunlik bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют