» » IIV YPX xodimini Matiz kapotida sayr qildirgan haydovchiga nisbatan jazo chorasi ko‘rilganini ma’lum qildi

IIV YPX xodimini Matiz kapotida sayr qildirgan haydovchiga nisbatan jazo chorasi ko‘rilganini ma’lum qildi


IIV YHXBB axborot xizmati 2020-yil 29-yanvar kuni Matiz avtomashinasining kapoti oldiga osilib qolgan YPX xodimi haqida tarqalgan videoga munosabat bildirdi.

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 27-yanvar kuni soat 10:00 atrofida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani markazida joylashgan tuman prokuraturasi binosidan dehqon bozoriga o‘tish uchun mo‘ljallangan piyodalar o‘tish yo‘lagining ustida, Matiz rusumli davlat raqam belgisi 75 U 967 DA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi “Yo‘l harakati qoidalari”ning 91-bandida ko‘rsatilib o‘tilgan talablarni buzgan holda to‘xtagan.

Ushbu hududga dislokatsiya asosida xizmat olib borish uchun biriktirilgan Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPX otryadi 2-safarbar guruhi YPX inspektori M.Toshpo‘latov Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi sodir etgan qoidabuzarlikni vizual kuzatuv orqali aniqlagan va sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish maqsadida haydovchi tomonga harakatlangan.

Yo‘l-patrul xizmati inspektori kelayotganligini ko‘rgan haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilishini anglagan va javobgarlikdan bo‘yin tovlash maqsadida xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan Matiz oldida turgan inspektor ustiga harakatlantirishni boshlagan va YPX xodimi M.Toshpo‘latov transport vositasining kapotiga osilib qolgan.

Transport vositasi kapoti ustida bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati inspektorini ko‘rib bila turib haydovchi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab taxminan 70 metr masofagacha harakatlangan va YPX inspektori yerga yiqilib tushgan. Haydovchi esa avtomashina harakatini davom ettirgan.

YPX inspektori M.Toshpo‘latov bo‘ysunmay ketgan haydovchi boshqaruvidagi transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotni aloqa vositasi orqali boshqa YPX inspektorlariga yetkazgan.

Olib borilgan tezkor harakatlar davomida Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPX otryadi 2-safarbar guruhi katta inspektori Z.Zokirov bo‘ysunmay harakatlangan haydovchi boshqaruvidagi Matiz rusumli transport vositasini to‘xtatgan.

Haydovchi, 1999-yilda tug‘ilgan, Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro Ostonaqulov Yoqubjon Ixtiyor o‘g‘liga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 194-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirib transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Mavzuga doir: 

Holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют