» » Chiroqchida juda ko‘p miqdordagi paxta xomashyosi talon-toroj qilingani aniqlandi

Chiroqchida juda ko‘p miqdordagi paxta xomashyosi talon-toroj qilingani aniqlandi


Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida qiymati 2,1 milliard so‘mlik paxta xomashyosi talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan “Chiroqchi paxta tozalash” AJda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, “Chiroqchi paxta tozalash” AJning mansabdor shaxslari hamda jamiyat katta tovarshunosi Sh.T. o‘zlariga ishonib topshirilgan umumiy narxi 2,1 milliard so‘m bo‘lgan 545,6 tonna paxta xomashyosini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan “Chiroqchi paxta tozalash” AJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida mol o‘g‘irlashda gumon qilingan 32 yoshli erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida 23-yanvar kuni vafot etgan edi. Keyinroq IIBning boshqa xodimlari ushbu jinoyatni yashirish maqsadida guvohlarga bosim o‘tkazgani ma’lum bo‘lgandi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, ikki nafar IIB xodimi qamoqqa olingani, ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgani hamda ulardan biri IIB boshlig‘i ekanligi haqida xabar berilgan edi. Mazkur voqealar ortidan Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Samad Turdiyev o‘z lavozimidan ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют