» » Kamchatkada qor ko‘chkisi ostida qolgan 2 kishining jasadi topildi

Kamchatkada qor ko‘chkisi ostida qolgan 2 kishining jasadi topildi


Qutqaruvchilar Kamchatkadagi qor ko‘chkisi ostida qolgan ikki kishining jasadini topdi. Bu haqda Rossiya FVV Kamchatka o‘lkasidagi bosh boshqarmasi matbuot kotibi Yuliya Ananyeva ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”. 

“Erkak va bolaning jasadi qor qatlami ostidan topildi. Hozirda ular chiqarib olinmoqda”, — deya ta’kidladi Ananyeva.

Oldinroq o‘lka maxsus dasturlar vaziri Sergey Xabarov ko‘chki ostida 31 yoshli erkak va 9 yoshli bola qolib ketganligini bildirgan edi. 

Vilyuchinskiy vulqoni hududidagi qidiruv operatsiyasiga 100 dan ortiq kishi va 40 ta texnika safarbar etilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют