» » AQShda koronavirus bilan kasallanishning 13-holati qayd etildi

AQShda koronavirus bilan kasallanishning 13-holati qayd etildi


AQShda koronavirus bilan kasallanishning 13-holati qayd etildi. “RBK”ning yozishicha, bu haqda AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, kasallanish holati Kaliforniya shtatining San-Diyego okrugida aniqlangan. U Xitoyning Uxan shahridan kelgan amerikalik bo‘lib, karantinda saqlanayotgan bo‘lgan. CDC uning kimga kasallik yuqtirgan bo‘lishi mumkinligini aniqlamoqda.

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni ming kishidan oshib ketdi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus tarqalishi haqida “Umid qilamanki, vaziyat ayrim insonlar kutayotganidek yomon bo‘lmaydi. O‘ylashimcha, bizda hammasi nazorat ostida”, deb aytgan va epidemiyaning yakuni qanday bo‘lishini taxmin qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют