» » Qozog‘iston koronavirus sabab Xitoydan 217 kishini evakuatsiya qildi

Qozog‘iston koronavirus sabab Xitoydan 217 kishini evakuatsiya qildi


Qozog‘iston koronavirus sabab Xitoydan 217 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Eljan Birtanovga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Bugun ertalab 217 kishi Pekindan Nur-Sultonga qaytib keldi”, — deydi vazir.

Birtanovning ta’kidlashicha, ular karantin bo‘lmagan hududdan qaytishgani sabab Qozog‘istonda kamida uch kun karantinda bo‘lishadi. “Muayyan xavflar mavjud, ular ko‘rib chiqiladi”, — deydi Birtanov.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni ming kishidan oshib ketdi

Eslatib o‘tamiz, 4-fevral kuni ham Pekin shahri aeroportidan Toshkent shahriga charter reys bilan 250 nafar O‘zbekiston fuqarolari olib kelinib, karantinga joylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют