» » Yaponiyada karantinga olingan Diamond Princess kemasidan keksalar va bemorlar evakuatsiya qilinmoqda

Yaponiyada karantinga olingan Diamond Princess kemasidan keksalar va bemorlar evakuatsiya qilinmoqda


Yaponiya hukumati koronavirus tufayli karantinga olingan Diamond Princess sayohat kemasidagi keksalar va surunkali kasalliklarga ega bemorlarni sohilga evakuatsiya qilishni boshladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Mamlakatda koronavirus bilan kasallangan 161-bemor qayd etildi. Ulardan 135 nafari Yokogama portiga kelgan paytda ichida 3700 kishi bo‘lgan Diamond Princess sayohat kemasi yo‘lovchilari va ekipaj a’zolaridir. Yaponiya tashqi ishlar vazirligi 10-fevral holatiga ko‘ra, 3700 kishidan 1850 nafari insulin kabi tibbiy preparatlar so‘rab murojaat qilganini aytgan. Kema yo‘lovchilarining yarmidan ko‘prog‘ini yoshi 70 dan oshganlar tashkil etmoqda.

10-fevral kuni kema yo‘lovchilarining 65 nafarida koronavirus aniqlangan.

Shu tarzda yangi turdagi koronavirusni yuqtirgan 135 nafar kema yo‘lovchisi kasalxonaga yotqizilgan. Dastlabki rejaga ko‘ra, kemada karantin 19-fevralgacha davom etadi. Shundan so‘ng odamlar kemani tark etishi mumkin.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi sohilga tushadigan hamma yo‘lovchilarni tekshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga Yaponiya hukumati spikeri Yosixide Suga bu texnik jihatdan imkonsiz bo‘lishi mumkinligini ham istisno etmagan.

Hozirgi kunda bitta tahlil javobini 6—8 soatlab kutishga to‘g‘ri kelmoqda.

Avvalroq Yaponiyadagi Diamond Princess kemasida koronavirusni yuqtirganlar soni 130 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 74) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют