» » Pogba “Manchester Yunayted”dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

Pogba “Manchester Yunayted”dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi


“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba 2020-yilning yozida jamoani tark etmoqchi.

Manchester Evening News’ning xabar qilishicha, Pogba yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida Manchesterni tark etishga jiddiy ahd qilgan. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yozida o‘z yakuniga yetadi.

Avvalroq Pogbaga “Real” va “Yuventus” jamoalaridan qiziqish borligi xabar qilingandi.

Joriy mavsum Pogba Premyer Ligada yettita o‘yin o‘tkazib, ikkita samarali uzatma amalga oshirdi. Fransiyalik futbolchi “Manchester Yunayted” safidagi so‘nggi o‘yinini 26-dekabr kuni o‘tkazgandi, shundan beri u jarohatini tiklash bilan band.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют