» » “Paxtakor”ga “kelib-ketgan” Alisher Usmonov, narxlar oshishi haqidagi “xabarlarga aloqasi yo‘q” GM Uzbekistan, Stokgolm terakti ijrochisi deb aytilgan Rahmat Oqilov va kunning boshqa muhim xabarlari

“Paxtakor”ga “kelib-ketgan” Alisher Usmonov, narxlar oshishi haqidagi “xabarlarga aloqasi yo‘q” GM Uzbekistan, Stokgolm terakti ijrochisi deb aytilgan Rahmat Oqilov va kunning boshqa muhim xabarlari


10-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Stokgolm terakti ijrochisi gumoni ostida qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi ismi ma’lum qilindi. Aytishlaricha, Rahmat Oqilov 2016-yildayoq O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi lozim bo‘lgan.

2. GM Uzbekistan o‘z avtomobillarining narxi oshishi haqidagi mish-mishlarga “aloqasi yo‘qligi”ni bildirdi. “GM Uzbekistan avtomobillarining narxlari borasidagi har qanday o‘zgarish kompaniyaning rasmiy vebsayti va Facebook-sahifalarida oldindan xabar qilinadi”.

3. Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti xodimlari Toshkentda doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritildi. Xodimlari Toshkentdan propiska olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatida jami 60 muassasa bor.

4. O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3650 so‘mdan oshdi. “Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan”.

5. Alisher Usmonov “Paxtakor” klubi aksioneriga aylandi. Keyin boshlandi: Umid Ahmadjonov Alisher Usmonov “Paxtakor”ga aksioner, o‘zi klubga bosh direktor bo‘lmagani haqida aytdi; “Paxtakor” esa o‘ziga tegishli bo‘lgan xabar noto‘g‘ri ekanini ma’lum qildi, faqat gap qaysi xabar haqida borayotganiga aniqlik kiritmadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют