» » “Mikrokreditbank”ga yangi rais tayinlandi

“Mikrokreditbank”ga yangi rais tayinlandi


Orif Bo‘tayev “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Lavozimga tayinlangunga qadar Orif Bo‘tayev “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Undan avval esa Markaziy bank raisining o‘rinbosari, Markaziy bankning Kredit axborotlarining davlat reyestrini yuritish departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Orif Bo‘tayev 1983-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini — “Bank ishi”, 2012-yilda “Bank-moliya akademiyasining magistratura bo‘limini – “Investitsiyalarni boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют