» » Toshkentda 1-apreldan doimiy propiskasiz uy sotib olishga ruxsat berilishi mumkin

Toshkentda 1-apreldan doimiy propiskasiz uy sotib olishga ruxsat berilishi mumkin


Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk xarid qilishda 2020-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligini ko‘zda tutuvchi tartib joriy etilishi mumkin. Bu Prezidentning “‘Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili’da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan.

Davlat dasturiga bag‘ishlangan farmon loyihasida O‘zbekistonda doimiy istiqomat qiluvchi va respublikaning boshqa hududlarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini bekor qilish ham ko‘zda tutilmoqda.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga 1-aprelga qadar muddatda qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlash, unda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

Alohida qayd etishicha, farmon loyihasida ta’kidlanishicha, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska tartibini bekor qilish to‘g‘risidagi taklif “keng jamoatchilik istaklarini va xalqaro ekspert jamoatchiligi tavsiyalarini inobatga olgan holda”, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz tomonidan berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida hukumat 1-aprelga qadar propiska tizimini isloh qilishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqishi lozimligini ta’kidlagan edi.

“Asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlarimiz o‘rtasida tafovut mavjud. Buning yechimi — ichki migratsiyani erkinlashtirishdir. Shu bois, parlament va hukumat 2020-yil 1-aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib, aniq takliflarni ishlab chiqishi lozim”, — degan edi u.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 1) ( 70) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...