» » O‘zA o‘z saytini yangilash uchun davlatdan 5,4 mlrd so‘m olmoqchi. Pullar agentlik direktori shaxsiy javobgarligiga beriladi

O‘zA o‘z saytini yangilash uchun davlatdan 5,4 mlrd so‘m olmoqchi. Pullar agentlik direktori shaxsiy javobgarligiga beriladi


Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning dekabrida “O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.

Unda O‘zAning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilangan, shuningdek, agentlik tarkibida Media markaz tashkil etilishi ta’kidlangandi.

Media markazning asosiy vazifalaridan biri axborot-tahliliy va multimedia materiallar, eshittirish va ko‘rsatuvlar tayyorlash, ularni O‘zAning veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalariga belgilangan tartibda yetkazib berishdan iborat.

Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-mayga qadar foydalanuvchilar uchun qulay, audio va video axborotlarni tarqatish, tarqatilayotgan axborotlarni tijorat yo‘li bilan yuklab olish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan O‘zAning axborot portali ishga tushiriladi.

Kuni kecha agentlik ushbu axborot portalini yaratish va unga zarur texnikalarni sotib olish uchun 5,4 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan Vazirlar Mahkamasi farmoyishini muhokamaga qo‘ydi.

Pullar davlat budjetining 2020-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan olinishi qayd etilgan.

Uskunalarni tender tanlovlari orqali sotib olish rejalashtirilgan. Pul agentlik bosh direktori shaxsiy javobgarligi ostida ajratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют