» » O‘zbekistonning ayrim hududlarida 12-fevral kuni qor yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 12-fevral kuni qor yog‘ishi mumkin


Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda 12-fevral, chorshanba kuni, kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1—3 daraja iliq, kunduzi 8—10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 10—15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10—15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 10—15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10—15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3—8 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 10—15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 10—15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют