» » Chirchiq, Qibray va G‘azalkent aholisi uch kun gaz ta’minotidan uzilib qoldi

Chirchiq, Qibray va G‘azalkent aholisi uch kun gaz ta’minotidan uzilib qoldi


Qibray yaqinidagi magistral gaz quvurida 8-aprel, shanba kuni jiddiy avariya yuz berdi. Bu haqda, “O‘ztransgaz” kompaniyasiga asoslanib, “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

“Toshkentgaz ta’minoti” korxonasidan “Novosti Uzbekistana”ga ma’lum qilishlaricha, mutaxassislar avariyani bartaraf etib, zararlangan bo‘lakni qayta tiklab bo‘lgan.

Qibray va G‘azalkentdagi uylarga gaz yetib borgan, Chirchiqdagi ko‘p qavatli uylarga esa gaz yetkazib berish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.

“9-aprel kuni oqshomda Chirchiqning 60 foizi gaz bilan ta’minlangan edi. Bugun mutaxassislar ko‘p qavatli uylarga gaz chiqarish bo‘yicha ish olib bormoqda. 11-aprel kuni Chirchiqda gaz ta’minoti to‘liq qayta tiklanishi kutilmoqda”, — dedi “Toshkentgaz ta’minoti” bo‘lim boshlig‘i Alisher Mirsalikov.

“Novosti Uzbekistana”ning qo‘shimcha qilishicha, yuz bergan avariya sabablari hozircha noma’lum.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют