» » “Tartib yo‘q, markaziy yo‘nalishlarda tirbandlik, tiqilinch”. Qashqadaryo hokimi jamoat transporti faoliyatini tanqid qildi

“Tartib yo‘q, markaziy yo‘nalishlarda tirbandlik, tiqilinch”. Qashqadaryo hokimi jamoat transporti faoliyatini tanqid qildi


Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev viloyatdagi jamoat transporti foliyatini tanqid qilib, Damas haydovchilari faoliyatini qoniqarsiz baholagan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 11-fevral, seshanba kuni, Qashqadaryo hokimi rahbarligida viloyat aholisiga sifatli transport xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Unda Zoir Mirzayev aksariyat jamoat transport vositalari, ayniqsa, Damas’lar belgilanmagan manzillarda to‘xtab, boshqa transport vositalariga noqulayliklar keltirib chiqarayotganini ta’kidlagan. Ayrim transport uyushmalarida yo‘lovchi tashish texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun shart-sharoit yaratilmaganligi, transport boshqarmasi mutasaddilarining e’tiborsizligiga to‘xtalib o‘tgan.

— Qarshi shahrida ayrim avtobuslarda 1000 so‘mlik tariflardan ortiqcha haq olish holati, transportlar notozaligi, haydovchilarning qo‘pol muomalasi haqida murojaatlar ko‘p. Jamoat transportlarida haligacha yo‘l kartochkalari joriy etilmagan, — dedi Zoir Mirzayev. — Bu haqdagi haqli e’tirozlardan kelib chiqib, qator chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak.

Ma’lumot berilishicha, viloyatda ayni kunda 345 ta yo‘nalishda 4250 ta jamoat transporti faoliyat yuritadi. Mavjud 261 ta avtobus va 3669 ta Damas viloyat ahlining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirolmayapti. Ehtiyojni qondirish uchun yana 170 ta avtobus kerak bo‘ladi.

— Viloyatdagi yo‘lovchi tashishga ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan jami 119 ta avtobus sotib olinishi belgilangan bo‘lsa-da, 2018—2019-yillar davomida umuman sotib olinmagan, — dedi Zoir Mirzayev. — Tartib yo‘q, markaziy yo‘nalishlarda tirbandlik, tiqilinch. Tumanlardan kelayotgan Damas’lar yo‘nalishi aynan markaziy ko‘chalardan kesib o‘tadi. Yo‘lovchi tashish transportlari jadvalga amal qilmay, sun’iy ravishda noqonuniy to‘xtash joylari tashkil qilib olgan.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, jamoat transportlarida tartib yo‘qligi natijasida 2019-yil viloyatda yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari bilan bog‘liq 37 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Zoir Mirzayev yig‘ilish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, yo‘l kartochkalarini joriy etish, shahar atrofi va tumanlardan qatnovchi yo‘lovchi tashish transportlari faoliyatini jadval asosida tashkil etish haqida topshiriq bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют