» » Foto: Ustyurtdagi tuzoq-kameralarga tushgan sayg‘oqlar

Foto: Ustyurtdagi tuzoq-kameralarga tushgan sayg‘oqlar


9-fevral, yakshanba kuni, “Saygachiy” majmua buyurtmaxonasida o‘rnatilgan fotoqopqon nigohiga 35 bosh sayg‘oq tushib qoldi, deb xabar berdi Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

So‘nggi besh yil ichida mamlakatda sayg‘oq populyatsiyasi uchramaganligi sababli bu o‘ziga xos muhim hodisa bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bugungi kunga kelib sayg‘oq qisqarib borayotgan tur sifatida Xalqaro hamda O‘zbekiston qizil kitoblari ro‘yxatiga kiritilgan. Xususan, Ustyurt populyatsiyasi sayg‘oqlari qisqarib borayotganligi sababli uni saqlab qolish uchun zarur chora-tadbirlar qabul qilishni talab etadi.

2010-yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida sayg‘oqlarni muhofaza qilish, ko‘paytirish va barqaror rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro kelishuv imzolangan. Hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida 2016-yilda Qozog‘iston bilan chegaradosh hududda “Saygachiy” majmua buyurtmaxonasi tashkil etilgan.

Avvalroq Ustyurt platosining “Ustyurt” qo‘riqxonasi hududiga o‘rnatilgan tuzoq-kamera leopardni rasmga tushirishga muvaffaq bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda avval uchramagan hayvonlar ilk bor kameraga tushirildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют