» » OAV: Gulistonda 72 yoshli onaxon pensiyaga navbatda turganida vafot etdi

OAV: Gulistonda 72 yoshli onaxon pensiyaga navbatda turganida vafot etdi


Guliston shahrida 6-aprel kuni pensiya pulini olish uchun navbatda turgan 72 yoshli onaxon vafot etdi. Bu haqda, Guliston shahar hokimligi va shaharning “Navbahor” mahallasidagi manbalarga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

Hodisa shaharning “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida, uch mahalla pensionerlari uchun pensiya puli tarqatilayotgan vaqtda yuz bergan. Pensiya pulini olish uchun kamida 100 kishilik navbat yuzaga kelgani aytilmoqda.

“1945-yilda tug‘ilgan Mariya Xudoyqulova navbatda hosil bo‘lgan tiqilinchda nafasi qaytib, yurak xurujiga duchor bo‘lgan. Shifokorlar yetib kelganida, onaxonning joni uzilib bo‘lgan edi”, — deb yozadi “Kun.uz”.

Hodisa yuzasidan rasmiy manbalar hozircha biror axborot bergani yo‘q.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют