» » Rossiyada 2 nafar ayol koronavirus bo‘yicha karantindan qochib ketdi

Rossiyada 2 nafar ayol koronavirus bo‘yicha karantindan qochib ketdi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashovchi Alla ismli ayol Xitoydan qaytganidan so‘ng 14 kunlik koronavirus karantinga joylashtirilgan kasalxonadan qochib ketdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 32 yoshli ayol 7-fevral, juma kuni, kasalxonadagi karantin izolyatoridan qochib ketgan. Ammo bu haqda endi ma’lum bo‘lgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u qochib ketganiga to‘rt kun bo‘lsa ham, na kasalxona va na politsiya unga murojaat qilmagan.

Kasalxona bosh shifokori ayolning xatti-harakatlarini bezorilik deb atagan. Uning ta’kidlashicha, shifoxonada o‘rnatilgan cheklovlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik ham ko‘zda tutilishi mumkin. Bosh shifokorning qo‘shimcha qilishicha, ayolning qochib ketgani haqidagi ma’lumot politsiyaga yuborilgan.

Yana bir shunga o‘xshash voqea Samara shahrida yuz bergan. Guzel Neder ismli ayol bolasi bilan karatin uchun joylashtirilgan kasalxonadan qochib ketganini ma’lum qilgan. Ayol ko‘rsatma berish uchun politsiyaga chaqirilgan.

Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1016 kishidan oshib ketdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda mamlakat hududida 42 638 kishida kasallik holati qayd etilgan. 37 726 kishi hozirda davolanishda bo‘lib, ulardan 7333 nafarining ahvoli og‘ir. Jami 3996 kishi kasallikdan davolanib, tibbiyot muassasasidan uyiga javob berib yuborilgan.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 11-fevralning asosiy xabarlari

Koronavirus sababli Yaponiyada karantinga olingan Diamond Princess kruiz kemasida jami 135 kishida koronavirus aniqlangan. Karantin 19-fevralgacha davom etadi. Rasmiylar keksalar va bemorlarni evakuatsiya qilishni boshladi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 10-fevral, dushanba kunigacha Xitoyda bo‘lib qaytgan 3447 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ulardan 2676 nafarida kasallikning yashirin davri (14 kun) yakunlangani va tibbiy ko‘rik davomida hech qanday koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlanmaganligi bois tibbiy kuzatuv ishlari yakunlangan. Bugungi kunda 771 nafar fuqaro 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan. Xitoydan charter reys bilan olib kelingan o‘zbekistonlik Toshkent viloyatidagi “Bo‘ston” sanatoriysida karantin muddatini o‘tamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют