» » Xitoylik olimlar koronavirusni aniqlash bo‘yicha testlarning ishonchliligini shubha ostiga oldi

Xitoylik olimlar koronavirusni aniqlash bo‘yicha testlarning ishonchliligini shubha ostiga oldi


Yangi koronavirusning mavjudligini aniqlash bo‘yicha har ikki sinov ham noto‘g‘ri natija berishi mumkin, shuning uchun kasallik bilan bog‘liq haqiqiy holatlar soni kamida ikki baravar ko‘p bo‘lishi mumkin. Bu haqda xitoylik shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Ma‘lum qilinishicha, Xitoy shifokorlari yangi koronavirusni tekshirish paytida noto‘g‘ri salbiy natijalar juda ko‘p bo‘lishi mumkinligini ta‘kidlagan. Ya‘ni, test organizmda virus yo‘qligini ko‘rsatsa ham, aslida virus mavjud bo‘lishi mumkin.

Akademik Vang Chenning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda virus bilan kasallanish holatlarning atigi 30—50 foizi laboratoriya tekshiruvlarida ijobiy natija beradi. Tashxisning aniqligi bilan bog‘liq muammolar, virusni aniqlash ehtimoli pastki nafas yo‘llaridan olingan namunani o‘rganishda eng yuqori bo‘lib, balg‘amni o‘rganishda uning aniqligi past hisoblanadi. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, tomoqdagi shilimshiqlarni tahlil qilish balg‘am namunalarini o‘rganishga qaraganda kamroq ishonchli hisoblanadi.

Qayd etilishicha, noto‘g‘ri natijalarning yana bir manbasi tashxis to‘plamlariga bo‘lgan talablar hisoblanadi. Talabning oshishi sababli tashxis to‘plamlari uchun sifatni tasdiqlashning maxsus tartibi yaratilgan, bu ularning sezgirligiga ta‘sir qiladi.

Hozirgi kunda dunyoda yangi koronavirusni aniqlash uchun bir nechta sinov tizimlari ishlab chiqilgan. Xususan, Xitoyning Uxan shahridagi Virusologiya institutida 2019-nCov sabab bo‘lgan pnevmoniya markazida immunoxromatografik tahlil asosida sinov tizimlari ishlab chiqilgan. Bir qator mamlakatlarda tashxis uchun polimeraza zanjiri reaksiyasi (PCR) usuliga asoslangan test tizimlari ishlab chiqilgan.

Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1016 kishidan oshib ketdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda mamlakat hududida 42 638 kishida kasallik holati qayd etilgan. 37 726 kishi hozirda davolanishda bo‘lib, ulardan 7333 nafarining ahvoli og‘ir. Jami 3996 kishi kasallikdan davolanib, tibbiyot muassasasidan uyiga javob berib yuborilgan.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 11-fevralning asosiy xabarlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют