» » Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1110 kishidan oshib ketdi

Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1110 kishidan oshib ketdi


Xitoyda COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 1113 kishiga yetdi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash davlat komissiyasi xabar berdi.

Butun mamlakat bo‘ylab virusni yuqtirib olganlar soni 44 653 kishini tashkil etmoqda, ularning 4740 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Bundan tashqari 8204 odam og‘ir ahvolda, kasallar bilan aloqda bo‘lgan yana 185 ming kishi nazorat ostida.

Xitoyda bir sutkaning o‘zida 2015 kishida koronavirus aniqlangan — bu 30-yanvardan buyon eng past ko‘rsatkichdir. Vafot etganlarning aksariyati epidemiya o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasidan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus bilan 40,5 ming odam kasallangan. JSST rahbari Tedros Adan Gebreyesusning ma’lum qilishicha, COVID-19’ga qarshi ilk vaksinalar yarim yildan so‘ng tayyor bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga Gebreyesusning aytishicha, bugungi kunda kasallikning oldini olishning ko‘plab usullari mavjud.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ham koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususan, “Farhod” va “O‘rikzor” bozorlari, shuningdek, poytaxtdagi avtobuslar yuqumli kasalliklarga qarshi dezinfeksiya qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют