» » O‘zbekiston 2020-yilda “xufiyona iqtisodiyot”ga qarshi qanday kurashadi?

O‘zbekiston 2020-yilda “xufiyona iqtisodiyot”ga qarshi qanday kurashadi?


“Xufiyona iqtisodiyot”ga qarshi kurash 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida ham eng asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolgan.

Loyihaga ko‘ra, 2020-yilda ham 2019-yilda bo‘lgani kabi “xufiyona iqtisodiyot” ko‘lamlarini keskin qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish davom etadi.

2019-yil sentabr oyida boshlangan amaliyot ya’ni “xufiyona iqtisodiyot” ildizlarini tahlil qilish maqsadida xorijlik mutaxassislar jalb qilinadi.

2019-yil oxirida boshlangan raqamli qadoqlash va onlayn-kassalarni joriy qilish masalalari ham nazoratga olinadi. O‘tgan yili O‘zbekistondagi noqonuniy alkogol bozori ta’sirini kamaytirish maqsadida alkogol va tamaki mahsulotlarini raqamli qadoqlash ishlari boshlangandi.

2020-yilda ham tarkibida alkogol yo‘q bo‘lgan ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlarida majburiy tartibda raqamli qadoqlash ishlari olib boriladi. Soliq qo‘mitasi markirovka qilingan tovarlarni elektron baza ro‘yxatiga kiritadi.

Internet orqali savdo qiluvchi shaxslarni aniqlash mexanizmlari ham takomillashtiriladi, ularni soliqqa tortish mexanizmi ishlab chiqiladi.

Davlat dasturi loyihasida individual tadbirkorlarning noqonuniy faoliyati va o‘z-o‘zini band qilgan fuqarolar sonini qisqartirish masalalariga ham urg‘u berilgan. 2019-yilda boshlangan yollanma mehnat bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga guvohnomalar berish bo‘yicha ishlar yakuniga yetkaziladi.

Mavzuga doir: 

Import bo‘yicha hisobotlar “E-ombor” elektron tizimiga ulanadi. Bu import munosabatlarini nazoratda ushlab turishga yordam berishi ta’kidlanmoqda. Gastrol-konsert faoliyati elektron chiptalar tizimiga kiritiladi.

Do‘konlar, restoranlar, dorixonalar va boshqa joylarda ishlatiladigan dasturlarni Soliq qo‘mitasi axborotlarni qayta ishlash markazi bilan integratsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Bankomatlar orqali naqd yoki elektron pulni plastik kartaga yuklash yoki bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish jarayonida ham islohotlar amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют