» » Yaponiyada karantinga olingan sayohat kemasida koronavirus yuqtirib olganlar soni 174 kishiga yetdi

Yaponiyada karantinga olingan sayohat kemasida koronavirus yuqtirib olganlar soni 174 kishiga yetdi


Yaponiya qirg‘oqlarida karantinda turgan Diamond Princess sayohat kemasida koronavirusga chalingan yo‘lovchilar soni 39 kishiga oshib, 174 nafarga yetdi. Bu haqda Yaponiya sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri Katsunobu Katoga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Bundan tashqari, karantinni kuzatishga mas’ul bo‘lgan ofitserlardan biri ham kasallikka chalingan.

Diamond Princess sayohat kemasi 80 yoshli yo‘lovchida koronavirus aniqlangach, Yokogama portida karantinga olingan edi. Dastlabki testlardan so‘ng, kemadagi o‘n kishida koronavirus aniqlangan va shundan so‘ng ularning soni muntazam oshib bormoqda.

Diamond Princess sayohat kemasi joriy yilning 20-yanvar kuni Yokogamadan chiqib, Kagosima—Gonkong—Okinava yo‘nalishidan o‘tib, 3-fevral, dushanba kuni, qaytib kelgan. Bu vaqtga kelib kemadagi bir necha kishi tobi qochgani haqida xabar qilgan va hukumat bortdagi barchani tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan.

Mavzuga doir:

Avvalroq Diamond Princess kemasidan keksalar va bemorlar evakuatsiya qilinayotgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют