» » O‘zbekistonda davlat siri deb topilgan ma’lumotlar ro‘yxati qaytadan ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda davlat siri deb topilgan ma’lumotlar ro‘yxati qaytadan ko‘rib chiqiladi


O‘zbekiston hukumati davlat siri deb topilgan ma’lumotlar ro‘yxatini qaytadan ko‘rib chiqadi. Bu Prezidentning “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturiga oid farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan.

Hujjatda Vazirlar Mahkamasiga 2020-yil 1-sentabrga qadar davlat siri deb topilgan ma’lumotlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish choralarini ko‘rish va va keyinchalik uni maxfiylikdan chiqarish yuzasidan ko‘rsatma berilgan.

Bundan ko‘zlangan maqsad ilm va ma’rifat, axborot texnologiyalari va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan axborot olish imkoniyatlari asossiz ravishda cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, xalqaro standartlarga rioya etishni joriy qilishdir.

Qayd etish joizki, O‘zbekistonda ma’lumotlarning davlat siriga taalluqli bo‘lishi “Davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risida ”gi qonun bilan tartibga solinadi. Davlat sirlari davlat va harbiy xizmatga doir sirlarga bo‘linadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют