» » Usmon Dembele mavsum oxirigacha safdan chiqdi. U Yevro—2020 ni ham o‘tkazib yuborishi mumkin

Usmon Dembele mavsum oxirigacha safdan chiqdi. U Yevro—2020 ni ham o‘tkazib yuborishi mumkin


“Barselona” hujumchisi Usmon Dembele joriy mavsum oxirigacha maydonga tusha olmaydi.

Katalon klubi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, Dembele 6 oy muddatga safdan chiqqan. Agar uning tiklanishiga yuqorida aytilganidek muddat kerak bo‘lsa, u holda Usmon Yevro—2020 musobaqasida Fransiya terma jamoasiga yordam bera olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, ikki oylik tanaffusdan keyin safga qaytgan Dembele “Barselona” mashg‘ulotlarida jarohatini qaytalab olgandi. 11-fevral kuni futbolchi Finlyandiyada operatsiya qilingan.

Avvalroq Dembelening tiklanishi besh oydan uzoq muddatni talab qilsa, “Barselona”ga hujumchi sotib olishga ruxsat berilishi xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют