» » Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 16 kishiga yetdi

Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 16 kishiga yetdi


Bavariya Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 16 kishiga yetdi, deb yozmoqda “RBK”.

Ikki yangi kasallanish holati Myunxen yaqinidagi Starnberg hududida aniqlangan. Ular Germaniyadagi avvalgi kasallanish holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan Webasto kompaniyasi xodimlari ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Germaniyada koronavirus bilan kasallanish holati birinchi marta 28-yanvar kuni qayd etilgan. 2-fevralga kelib 8 kishi, shu jumladan, Webasto’ning kasal ishchilaridan birining bolasi koronavirus yuqtirishga ulgurgan.

11-fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda JSST qaroriga muvofiq virus COVID-19 nomini olgan koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1110 kishidan oshib ketdi. Rossiyada 20 ming nafar odam koronavirus tufayli nazoratga olingan, AQShda koronavirusga chalingan odamlar soni 13 nafarni tashkil qilmoqda. Yaponiyada koronavirus bilan kasallangan 161-bemor qayd etildi. Vyetnamda esa koronavirusni yuqtirganlar soni 15 nafarga yetdi — ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor.

OAVlarda Turkmanistonda koronavirusdan bir kishi vafot etgani, ammo marhum haqidagi ma’lumotlar qat’iy sir saqlanayotgani ma’lum qilingan.

Xitoy shifokorlari yangi koronavirusni tekshirish paytida noto‘g‘ri salbiy natijalar juda ko‘p bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ya’ni test organizmda virus yo‘qligini ko‘rsatsa ham aslida virus mavjud bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют